Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugun O‘zbekistonning 12 hududida 1 554 nafar bemor sog‘aydi

Bugun O‘zbekistonning 12 hududida 1 554 nafar bemor sog‘aydi

Bugun mamlakatimizning 12 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 554 nafari sog‘aydi. 

Jumladan, bemorlarning 1 198 nafari Toshkent shahrida, 204 nafari Toshkent viloyatida, 39 nafari Samarqand viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 17 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Buxoro viloyatida, 11 nafardan Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, ya’ni 12 avgust kuni mamlakatimizning turli hududlarida 1 569 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord natija qayd etilgan edi.

Shunday qilib, yurtimizda 27 213 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:39 13.08.2020. O'qildi: 4477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!