Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, harbiy operasiya boshlangandan beri Rossiya kuchlari Ukrainaning 1067 ta harbiy infratuzilma ob’ektlariga, jumladan, 27 ta qo‘mondonlik punktlari va aloqa markazlariga, 38 ta S-300, Buk M-1 va "Osa" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga hamda 56 radar stansiyalariga zarba berdi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.
Shu jumladan, bugungi kunda 7 ta zenit-raketa kompleksi, shu jumladan Kramatorsk yaqinida bitta S-300 yo‘q qilindi. Chernigov yaqinida 3 ta «Bayraktar TB-2» hujumchi dronlari urib tushirildi.
Amaliyot boshidan buyon 254 ta tank va boshqa zirhli texnikalar, yerdagi 31 ta samolyot, 46 ta ko‘p raketa moslamasi, 103 ta dala artilleriya va minomyotlari yo‘q qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ham Ukraina hududidagi operasiya chog‘ida qurbonlar va yaradorlar haqida ma’lum qildi.