Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi

A A A
Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi

Bugun Toshkentning Yunusobod va Bektemir tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumani: "Mingchinor" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;

Bektemir tumani: "Nurli yo‘l" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Kiritildi: 09:21 09.08.2023. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!