Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bugun Superliganing 20-turiga start beriladi

Bugun Superliganing 20-turiga start beriladi

Bugun O‘zbekiston Superligasining 20-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Turning ilk bahsi 3 sentyabr kuni Olmaliqda OKMK va «Xorazm» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.

4 sentyabr kuni yana to‘rtta o‘yin o‘tkaziladi. «Bunyodkor» «Surxon»ni qabul qiladi, «Navbahor» «Lokomotiv» bilan bahslashadi. Shuningdek, turning markaziy uchrashuvlaridan birida «Nasaf» amaldagi peshqadam «Neftchi»ga qarshi maydonga tushadi. «Paxtakor» esa «Andijon»ni qabul qiladi.

20-tur 5 sentyabr kuni uchta uchrashuv bilan yakunlanadi. «So‘g‘diyona» — «Mash’al», «Qo‘qon-1912» — «Dinamo» va «Qizilqum» — «Buxoro» bahslari o‘tkaziladi.

20-tur taqvimi:

3 sentyabr:
OKMK — «Xorazm» — 19:00.

4 sentyabr:
«Bunyodkor» — «Surxon» — 18:00;
«Navbahor» — «Lokomotiv» — 19:00;
«Nasaf» — «Neftchi» — 19:00;
«Paxtakor» — «Andijon» — 20:15.

5 sentyabr:
«So‘g‘diyona» — «Mash’al» — 18:00;
«Qo‘qon-1912» — «Dinamo» — 18:00;
«Qizilqum» — «Buxoro» — 20:15.

19 turdan keyin «Neftchi» 45 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Paxtakor» 40 ochko bilan ikkinchi, «Navbahor» esa 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Keyingi o‘rinlarni «Buxoro» — 34, «Lokomotiv» — 31 va OKMK — 29 ochko bilan egallab turibdi. Shu bois 20-tur chempionlik va yuqori o‘rinlar uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 14:39 03.09.2026. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!