Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bugun 40 ga yaqin avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi

Bugun 40 ga yaqin avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi

2022 yilning 19 avgust kuni soat 18:00 dan 23:00gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

“Toshshahartransxizmat” AJning ma’lum qilinishicha, mazkur vaqt oralig‘ida Turkiyada bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etib, qaytgan O‘zbekiston delegasiyasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalardan harakatlanuvchi 196, 141, 13, 97, 28, 44, 46, 68, 78, 89, 91, 115, 19, 38, 51, 67, 85, 140, 37, 30, 1, 21, 22, 93, 18, 57, 58, 98, 47, 40, 66, 80, 2, 11, 77, 94, 45, 61 va 106-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgaradi.

Kiritildi: 18:34 19.08.2022. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!