Moskva jome masjidida 22 iyuldan e’tiboran hajga boruvchilar uchun maxsus kurslar boshlanadi.
“Ko‘p yillardan beri Rossiya muftiylar kengashi musulmonlarni haj va umraga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Muqaddas qadamjolarga borishdan oldin ziyoratchilar hajga tayyorlanish bo‘yicha maxsus kurslardan o‘tishadi va ular kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanadi”, – deyiladi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi xabarida.
Bu yil Moskva jome masjidi xodimlari va guruhboshilari ziyoratchilarni hajga tayyorlaydi. Xuddi shunday kurslar Rossiyaning boshqa mintaqalarida ham o‘tkaziladi.
Joriy yilda Rossiyadan 22,5 ming musulmon haj safariga boradi.
Manba: azon.uz