Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

«Bu xuddi o‘sha eski shou»: Kamala Xarris Trampga javob qaytardi

A A A
«Bu xuddi o‘sha eski shou»: Kamala Xarris Trampga javob qaytardi

Kamala Xarris Texasdagi mitingda irqiy kelib chiqish haqidagi Donald Trampning savoliga yelka qisdi va bu «o‘sha eski shou» ekanligini va «Amerika yaxshirog‘iga loyiq» ekanligini aytdi.

Chorshanba kuni Qora tanli jurnalistlar milliy assosiasiyasida chiqishida Tramp senior qora tanli jurnalistlarni norozi qilib, Xarrisning irqi borasida savol berib, shunday dedi: «U har doim hind an’anasiga tegishli bo‘lgan va u faqat hind an’anasi targ‘ib qilgan. Bir necha yil oldin, u tasodifan qora tanli bo‘lib qolganiga qadar men uning qora tanli ekanligini bilmaganman».

Uning bir soat davom etishi kerak bo‘lgan intervyusi 34 daqiqadan so‘ng qisqartirilgan.

Xarris bu savolga izoh berdi.

«Bugun tushdan keyin Donald Tramp qora tanli jurnalistlar milliy assosiasiyasining yillik yig‘ilishida nutq so‘zladi. Va bu yana o‘sha eski shou: bo‘linish va hurmatsizlik. Aytmoqchimanki, Amerika xalqi bundan ham yaxshisiga loyiq. Amerika xalqi haqiqatni aytadigan rahbarga loyiqdir», dedi u.

Kiritildi: 18:36 01.08.2024. O'qildi: 2286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!