Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Bu voqea Kanadada bo‘lgan…

Bu voqea Kanadada bo‘lgan…

Bir qariya non o‘g‘irlagani sababli sud qilinyapti. Qariya aybini inkor qilmayapti, aksincha, tan olib, faqat bu ishni och qolgani sababidan sodir etganini aytish bilan o‘zini oqlashga harakat qilyapti.

Hakam unga:

– Siz o‘g‘irlik qilganingizni tan olib turibsiz. Endi men sizga o‘n dollar jarima solaman va bu pul sizda yo‘qligini bilaman. Shuning uchun uni sizning o‘rningizga o‘zim to‘layman, – dedi va cho‘ntagidan o‘n dollar chiqarib, jarima sifatida davlat xazinasiga o‘tkazdi.

Sud zalida sukunat hukmron…

Bir ozdan keyin hakam sud ishtirokchilariga qarata shunday dedi:

– Hammangizga o‘n dollardan jarima solaman. Chunki sizlar yashayotgan shaharda non o‘g‘irlashga majbur bo‘lgan faqir yashayapti.

O‘sha onda 480 dollar pul yig‘ildi va uni hakam qariyaga berdi.

Hakam musulmon emas edi.

Sha’roviyning (Alloh u kishini rahmat qilsin) mana bu gaplari yodimga tushdi:

“Musulmonlar yurtida bir faqirni ko‘rsang, bilginki, bir boy uning molini o‘g‘irlab olibdi!!!”

Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Kiritildi: 05:30 10.07.2020. O'qildi: 5384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!