Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining hech bir davlati 5 iyundan boshlab Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojsiz olib kirishni bekor qilishga e’tiroz bildirmadi.
Shvesiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Irlandiya va Litva betaraf qoldi.
"Bu qaror urushdan zarar ko‘rgan mamlakat iqtisodiyoti duch kelayotgan muammolarni yanada og‘irlashtiradi," deb yozadi Bloomberg.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti Ukraina iqtisodiyoti uchun "hal qiluvchi ahamiyatga ega."
Biroq, nashr yozishicha, "Evropa Ittifoqi bozoriga nisbatan arzon Ukraina tovarlarining keskin eksport o‘sishi Polsha, Vengriya va Slovakiya kabi mamlakatlardagi mahalliy fermerlarning noroziligini keltirib chiqardi," bu esa "siyosiy ziddiyat"ga sabab bo‘ldi.