Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Bu issiqda nafaqat haydovchi, balki mashina ham qiynaladi

Bu issiqda nafaqat haydovchi, balki mashina ham qiynaladi

Mashinani to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida qoldirmaslikka harakat qiling. Agar boshqa iloj bo‘lmasa, hech yo‘q old qismini soya tomon yo‘naltiring. Chunki plastik qismlar, elektr simlari va bort elektronikasi qizib ketsa, katta zarar ko‘radi.

Mashina balonlarini ham kuzatib turing. Issiqda kauchuk yumshoqroq bo‘ladi va bosim kuchayadi, shuning uchun ular yo‘lda yorilib ketishi mumkin.

Yuqori haroratda yoqilg‘i tez bug‘lanadi, benzin kam bo‘lsa, yonilg‘i pompasi katta yuk ostida ishlaydi. Optimal daraja - yarim bakdan kam emas. Demak, yozda benzinning oxirgi tomchisi tugagunicha kutmasdan, oz qolganda darrov to‘ldirib olgan ma’qul.

Kiritildi: 10:09 21.07.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!