Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Bu filmda ‘konfet’ yo‘q». Ikrom Ali «Yolg‘iz bo‘ri» filmini 490 mln so‘mga suratga olinganligini ma’lum qildi (video)

«Bu filmda ‘konfet’ yo‘q». Ikrom Ali «Yolg‘iz bo‘ri» filmini 490 mln so‘mga suratga olinganligini ma’lum qildi (video)

Alisher Navoiy nomli kinosaroyda rejissyor Ikrom Ali tomonidan suratga olingan «Yolg‘iz bo‘ri» filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Film rejissyori Ikrom Ali «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu filmni 490 million so‘mga suratga olgani haqida gapirib berdi.

‘Yolg‘iz bo‘ri’ filmi aka va ukaning taqdiri haqida. Filmga falsafiy yondashgan holda ‘Yolg‘iz bo‘ri’ deb nomlaganmiz. Ushbu film xalqimiz yaxshi ko‘rib tomosha qiladigan filmlar qatoridan joy olishiga ishonaman.

Film byudjetini berkitadigan joyimiz yo‘q. Ushbu filmga 490 million so‘m mablag‘ sarflandi. Filmni prodyuser va aktyor Ma’rufxon Muhammedov bilan birgalikda suratga oldik. Xudo xohlasa, ketgan mablag‘iga yarasha film bo‘lgan deb o‘ylayman.

Kino olamida ‘konfet’ degan tushuncha bor. Kinoda ‘konfet’ so‘zi filmlarga pul berib suratga tushadigan insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu filmda bitta ham ‘konfet’ yo‘q. Barcha rol ijro qilgan insonlar mahoratli aktyor va aktrisalar hisoblanadi.

Ikrom Ali, «Yolg‘iz bo‘ri» filmining rejissyori

Ma’lumot uchun, «Yolg‘iz bo‘ri» deb nomlangan filmda bosh rollarni Muhammadiso Abdulxayirov, Dilnoza Kubayeva, Javohir Zokirov, Jamila G‘ofurova, Ma’rufxon Muhammedov, Durdona Qurbonova, Mashhura Zulfiqorova, Bilol, Doniyor Hafizov, Muyassar Berdiqulova, Jalil Mavlonov singari aktyor va aktrisalar ijro etgan.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 04:30 25.01.2020. O'qildi: 4356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!