Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, Yevroittifoq AQShga qarshi birinchi javob bojlarini 15 aprelda, keyingilarini esa 15 mayda joriy qiladi — Yevrokomissiya rahbari.
Ursula fon der Lyayenning ma’lum qilishicha, Bryussel muzokara pozisiyasi sifatida Trampga sanoat mahsulotlariga o‘zaro nol qiymatdagi bojlar o‘rnatishni taklif qilmoqchi.
"Biz Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarga tayyormiz. Vashingtongga sanoat mahsulotlariga nol qiymatli tariflarni taklif qilganmiz, biz bunga allaqachon ko‘plab savdo hamkorlarimiz bilan erishganmiz, chunki Yevropa har doim yaxshi bitimga tayyor", — dedi Yevropa Komissiyasi rahbari.