Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Bryussel Vashingtonga javobini kechiktirdi

Bryussel Vashingtonga javobini kechiktirdi

Evropa Ittifoqi Amerika tovarlariga oldindan rejalashtirilgan javob bojlarini uch oyga to‘xtatib turishga qaror qildi. Bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tariflarini xuddi shunday muddatga kechiktirgandan so‘ng qabul qilindi.

Bu haqda Yieh.com sayti xabar bermoqda.

Evropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen aytishicha, Bryussel muzokaralarga imkoniyat berishni va muloqotga tayyorligini ko‘rsatishni istayapti.

Evroittifoqning bu qarori AQShdan keltirilgan mahsulotlarga yuqori tariflar tasdiqlangandan bir kun o‘tib qabul qilindi. Bu Vashingtonning po‘lat va alyuminiyga ilgari joriy etgan bojlariga javoban ko‘rilgan chora edi.

Fon der Lyayen ta’kidlashicha, Yevroittifoq o‘z pozisiyasidan voz kechmayapti: agar muzokaralar maqbul natijalarga olib kelmasa, javob choralari qayta tiklanadi.

Shu bilan birga, po‘lat, alyuminiy va avtomobillar eksportiga 25 foiz, boshqa turdagi tovarlarga esa kamida 10 foiz miqdoridagi AQSh bojlari o‘z kuchida qolmoqda.

Kiritildi: 21:46 14.04.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!