Buyuk Britaniya Ukrainada harbiy bazalar va mudofaa infratuzilmasini joylashtirish masalasini o‘rganadi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi 100 yillik sheriklik to‘g‘risidagi deklarasiya yozilgan bo‘lib, uning matni Britaniya hukumati tomonidan e’lon qilindi.
Kelishuv ishtirokchilari Ukrainada mudofaa infratuzilmasini, jumladan harbiy bazalar, moddiy-texnik ta’minot omborlari, harbiy texnika va qurol-yarog‘ zaxira omborlarini joylashtirish hamda qo‘llab-quvvatlash variantlarini ko‘rib chiqadilar. Jiddiy harbiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda, bu inshootlar o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun foydalanilishi mumkin, deyiladi hujjatda.
Britaniya 2030-2031 yillargacha Kiyevga har yili kamida 3 milliard dollar va «Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan barcha» harbiy yordamni ko‘rsatishi lozim. Uzoq masofaga zarba beruvchi vositalar, havo hujumi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, murakkab qurol-aslahalar zaxiralari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish rejalashtirilgan.