Birlashgan Qirollik Afrikaning uchta davlati fuqarolariga ularning rasmiylari noqonuniy muhojirlarini deportasiya qilishda hamkorlik qilmasa, ularga viza berishni to‘xtatishi mumkin.
Bu haqda The Times gazetasi Britaniya Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlar Angola, Namibiya va Kongo Demokratik Respublikasidir.
Bu davlatlar, deb yozadi gazeta, Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravishda kelgan 4000 ga yaqin vatandoshlarini qayta qabul qilishdan bosh tortgan. Buni amalga oshirish muddati belgilanmagan. Maqolada aytilishicha, 13 noyabr kuni Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi ushbu davlatlarning Londondagi elchixonalarini bir oy ichida deportasiya bo‘yicha Britaniya rasmiylari bilan faolroq hamkorlik qilmasa, viza cheklovlari xavfi haqida ogohlantirgan.
Birinchidan, deb yozadi The Times nashri, Buyuk Britaniya diplomatlar va imtiyozli shaxslar uchun tezkor viza olish jarayonini bekor qilmoqchi, ular oddiy jarayon orqali murojaat qilishlari va umumiy navbatda kutishlari kerak bo‘ladi. Cheklovlarning navbatdagi bosqichi ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlarning barcha fuqarolarini, jumladan, Tramp ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan choralarga o‘xshash to‘liq vizani taqiqlashni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Nashr ta’kidlaganidek, o‘z fuqarolari yoki noqonuniy muhojirlarini qaytarib olishni istamaydigan boshqa davlatlar ham vaqt o‘tishi bilan qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin: Hindiston, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh, Somali va Gabon.