AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati aprel oyi oxirigacha Ukrainadagi mojaroga barham berishi mumkin.Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.
“Donald Tramp hali hokimiyat tepasida emas. “So‘nggi bir necha kun ichida olgan xulosalarimga ko‘ra, kelishuv muddati 21 yanvardan Pasxa bayramigacha cho‘ziladi”, dedi u. 2025 yilda pravoslavlar, katoliklar va protestantlar ushbu bayramni 20 aprelda nishonlaydilar.
Lemmi Ukrainadagi mojaroning Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishishidan so‘ng bir kun ichida yakunlanishi dargumon deb hisobladi.
5 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi va respublikachilar g‘alaba qozondi. Trampning inaugurasiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Saylov kampaniyasi davomida Tramp Ukrainadagi mojaroni Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin bilan 24 soat ichida muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga va’da bergan edi.
7 yanvar kuni esa u janglar olti oy ichida yakunlanishiga umid bildirdi.