Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Britaniya Rossiyaning 10,6 milliard dollarlik aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishga tayyor

Britaniya Rossiyaning 10,6 milliard dollarlik aktivlarini Ukrainaga o‘tkazishga tayyor

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 8 milliard funt sterling (10,6 milliard dollar)ni Ukrainaga o‘tkazishga tayyor.

Bu haqda The Times gazetasi vazirlar mahkamasidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, Birlashgan Qirollik reparasiya krediti deb atalmish bo‘yicha G‘arb davlatlari o‘rtasida yagona pozisiyani kelishib olishga umid qilmoqda.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, London Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish uchun musodara qilishning yakuniy usulini hali ishlab chiqmagan.

Avvalroq Yevrokomissiya 2026-2027 yillarda Ukrainani moliyalashtirish uchun "reparasiya krediti" doirasida Yevropadagi 210 milliard yevrolik muzlatilgan Rossiya aktivlarini ekspropriasiya qilish rejasini e’lon qilgan edi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan G‘arb davlatlarini ham ushbu tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!