Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniya qishloq xo‘jaligiga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etiladi

Britaniya qishloq xo‘jaligiga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etiladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi vakillari va britaniyalik ish beruvchilar ishtirokida gibrid formatda uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqot davomida 2023 yilda Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 45 mingta kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etish, mehnat muhojirlariga yaratiladigan shart-sharoitlar, ularning huquq va manfaatlari yuzasidan fikr almashildi.

Britaniya Ish beruvchilar assosiasiyasi rahbari Devid Kemp bu sohada O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirgi kunda Britaniyada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotgani sababli hukumat tomonidan ajratilgan kvota doirasida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish imkoniyati mavjud. Bu borada Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish kerak.

Soncordia kompaniyasi direktori Simon Bovyer, o‘z navbatida, 2021-2022 yillar davomida mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston bilan amalga oshirilgan samarali hamkorlik natijasida 2023 yilda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlashga tayyorligini aytdi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama memorandum loyihalarini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.

Kiritildi: 12:03 21.01.2023. O'qildi: 2340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!