Buyuk Britaniya hukumati noyabr oyining oxiridan boshlab hujjatsiz muhojirlarni harbiy kazarmalarda joylashtirishni boshlaydi.
Bu haqda The Times gazetasi Ichki ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, muhojirlarni joylashtirish uchun Shotlandiyaning Inverness shahri yaqinidagi armiya bazasidagi kazarmalar va Angliya janubidagi Sharqiy Sasseksdagi harbiy tayyorgarlik lageridan foydalaniladi. Ushbu muassasalarda 900 nafargacha hujjasiz muhojirlarni joylashtirish rejalashtirilgan. Umuman olganda, The Times nashrining xabar berishicha, Ichki ishlar vazirligi kelajakda 10 ming nafargacha hujjasiz muhojirlarni kazarmalarga vaqtincha joylashtirish niyatida.
Britaniya hukumati byudjet yukini kamaytirish va hujjasiz muhojirlar uchun qimmat mehmonxonalarda yashash zaruriyatini bartaraf etish niyatida. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil mart oyi holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 210 ta mehmonxonaga 32 ming hujjasiz muhojir joylashtirilgan. 27 oktyabr kuni parlament palatasining ichki ishlar qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Britaniya 2019 yildan 2029 yilgacha 10 yil davomida noqonuniy migrantlarni mehmonxonalarda saqlash uchun 15,3 milliard funt sterling (20,4 milliard dollar) sarflaydi.