Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Britaniya muzeyida O‘zbekiston muzeyi buyum va ashyolari namoyish etiladi

A A A
Britaniya muzeyida O‘zbekiston muzeyi buyum va ashyolari namoyish etiladi

2024 yil sentyabr oyida Britaniya muzeyida O‘zbekiston muzeyi buyum va ashyolari namoyish etiladigan “Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi ochiladi.

Joriy yil 13 fevralda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi vakillari Britaniya muzeyiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ko‘rgazmada namoyish etiladigan O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlariga mansub noyob eksponatlar aniqlandi. Ular orasida Afrosiyob “Elchilar xonasi” devoriy surati, Varaxsha Alvon mehmonxonasidagi devoriy surat, Kofir-qal’a manzilgohidan topilgan kuygan yog‘och eshik hamda So‘g‘d davriga oid boshqa buyumlar bor.

“Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi Seynsberi ko‘rgazmalar galereyasida 2024 yil sentyabr oyida ochiladi.

Kiritildi: 16:01 15.02.2024. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!