Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Britaniya Isroil va Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi

Britaniya Isroil va Xitoyga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi

Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer parlament quyi palatasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Starmerning qayd etishicha, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi yaqin kunlarda Pekinga bo‘ladigan safari chog‘ida Xitoydagi inson huquqlari ahvolini tanqid qilgan ingliz deputatlariga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishini talab qiladi. Shu bilan birga, u leyboristlar hukumati Xitoy bilan savdo va atrof-muhit masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Buyuk Britaniya hukumati falastinliklarga nisbatan keskin bayonotlar bergan Isroil rasmiylariga, shuningdek, Rossiyaga harbiy texnologiyalar yetkazib bergan Xitoy kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning falastinliklar bilan bog‘liq bayonotlari tufayli ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishini istisno etmadi.

“Biz bu variantni ko‘rib chiqyapmiz. Shubhasiz, Isroil vazirlarining bayonotlari tanqidga loyiq”, dedi Starmer.

Kiritildi: 23:30 16.10.2024. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!