Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Britaniya hukumati Rossiyaning "soya flotiga" qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda

Britaniya hukumati Rossiyaning "soya flotiga" qarshi cheklovlarni kuchaytirmoqda

Endilikda Britaniya harbiylari mamlakat hududiy suvlarida sanksiyaga tushgan va Rossiyaning "soya floti" tarkibiga kiruvchi kemalarni to‘xtatib qolish huquqiga ega bo‘ldi, deyiladi hukumat saytida.

Ushbu chora Putinning Ukrainadagi urushni moliyalashtirish imkoniyatlariga navbatdagi zarba sifatida baholanmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra:

– Britaniya harbiylari mamlakat hududiy suvlari orqali o‘tayotgan "soyadagi floti" kemalari bortiga chiqish va ularni ushlab qolish vakolatini oldi.

– Bu cheklov La-Mansh bo‘g‘ozini ham o‘z ichiga oladi. Natijada sanksiyadagi kemalar yo uzoq va qimmat yo‘nalishlardan foydalanishga, yoki qo‘lga olinish xavfi ostida harakat qilishga majbur bo‘ladi.

Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning ta’kidlashicha, Putin Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli neft narxi ko‘tarilishidan foydalanib qolmoqchi.

"Shu sababli biz Rossiyaning harbiy mashinasini Ukrainadagi vahshiyona kampaniyasini moliyalashtiradigan daromadlardan mahrum qilish uchun "soya flotiga" qarshi kurashni yanada kuchaytiramiz", dedi Starmer.

Ushbu masala payshanba kuni Xelsinkida boshlanadigan Birlashgan ekspedisiya kuchlari (JEF) sammitida ham muhokama qilinadi.

Kiritildi: Bugun 16:20. O'qildi: 153 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!