Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Britaniya hukumati kiberhujumga uchradi

Britaniya hukumati kiberhujumga uchradi

Buyuk Britaniya hukumati joriy yil oktyabr oyida kiberhujum qurboni bo‘lgan. Bu haqda mamlakat savdo vaziri Kris Brayant ma’lum qildi.

Reuters xabariga ko‘ra, u hujum ortida Xitoy agentlari yoki rasmiy tuzilmalari turgan-turmaganini aniq ayta olmasligini bildirgan. Shu bilan birga, Brayant hukumat ma’lumotlariga jiddiy zarar yetkazilmaganiga «o‘rtacha darajada ishonchi komil» ekanini ta’kidladi.

Avvalroq OAVda Xitoyga aloqador guruh Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tizimlariga noqonuniy kirishga uringani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, noyabr oyida London davlat xizmatlari va Milliy sog‘liqni saqlash xizmati bilan ishlovchi tashkilotlar uchun kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirish rejasini e’lon qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!