Ulardan birida AQSH-Britaniya harbiy bazasi joylashgan.
Buyuk Britaniya va Mavrikiy hukumatlarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, kelishuv “o‘tmishdagi xatolarni tuzatadi va har ikki tomonning Chagos aholisi farovonligini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ko‘rsatadi”.
Chagos arxipelagidagi Diyego Garsiya orolida Buyuk Britaniya-AQSh qo‘shma harbiy bazasi mavjud bo‘lib, u mintaqa barqarorligi va xalqaro xavfsizlikda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Baza kamida keyingi 99 yil davomida Britaniya hukumati nazorati ostida qoladi.
Chagos arxipelagining aholisi 1968-1973 yillarda deportasiya qilingan; hozirda orollarda AQSh va Buyuk Britaniyaning uch mingga yaqin harbiy xizmatchilari yashaydi.