Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniya AQShdan ruxsat so‘ramaydi

Britaniya AQShdan ruxsat so‘ramaydi

Oq uy doktrinasidagi siyosiy o‘zgarishga nisbatan zaiflik xavfi ortib borayotgan bir sharoitda Britaniya Rossiyani to‘xtatib turish uchun o‘z yadro qurolidan mustaqil foydalanish huquqiga ega bo‘lishni istaydi, deb yozdi “Daily Express” gazetasi.

– Raketani suv osti kemasiga joylashtirish masalasi faqat Qirollik hukumatining ishi bo‘ladi, bunga hech qanday shubha yo‘q, – degan Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari yuqori martabali amaldori.

Buyuk Britaniya va AQSh hanuz 1958 yildagi O‘zaro mudofaa bitimi doirasida hamkorlik qiladi. Mazkur hujjat ikki davlatga maxsus texnologiyalarni almashish imkonini beradi. 1963 yil Prezident Jon Kennedi Buyuk Britaniyaga Amerika yetkazib berish tizimidan foydalangan holda yadro qurolidan foydalanish uchun tezkor mustaqillik bergandi.

Kiritildi: 17:54 20.03.2025. O'qildi: 4208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!