Bu haqda Putin BRICS Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
BRIKS hech qachon birovga qarshi faoliyat yuritgan tashkilot bo‘lmagan. Bu borada Hindiston bosh vaziri Narendra Modi juda to‘g‘ri aytgan edi: “BRIKS G‘arbga qarshi qaratilgan tashkilot emas, u shunchaki G‘arb tashkiloti emas”, - dedi Putin.
17-18 oktyabr kunlari Moskvada BRIKS davlatlari ishbilarmon doiralari va moliya tashkiloti vakillari ishtirokida BRIKS biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, Putin G7 va BRICS o‘rtasidagi iqtisodiy qudrat farqi oshib borayotgani va bu jarayon davom etishini ta’kidladi.