Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘i mamlakatda faoliyatini qayta tiklashi uchun umumiy hisobda 5 million dollardan ziyod jarimani to‘lashi kerakligini ma’lum qildi.
Avvalroq Braziliya Oliy sudi Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini to‘liq blokirovkadan so‘ng mamlakatdagi bir kunlik faoliyati uchun 920 ming dollar miqdorida jarimaga tortgandi. Ijtimoiy tarmoq sudning dezinformasiyani tarqatishni to‘xtatish borasidagi qaroriga rioya qilgani sabab platformaga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishini so‘ragan edi.
Ammo 27 sentyabr kuni sudya Aleksandre de Moraes X va uning Braziliyadagi qonuniy vakili sud qaroriga muvofiq umumiy hisobda 3,4 million dollar to‘lashi kerakligini eslatdi. Sudya X va Starlink’ning Braziliyada muzatilgan mablag‘laridan foydalanishi mumkinligini ma’lum qilgan, biroq sun’iy yo‘ldosh kompaniyasi mablag‘larga qo‘yilgan taqiq bo‘yicha apellyasiyani qaytarib olishga majbur bo‘lgan.
Sudya o‘tgan hafta davomida X ijtimoiy tarmog‘i qisqa muddatda o‘z faoliyatini davom ettirgani uchun yana yangi jarima belgiladi — 1,8 million dollar.
X’ga aloqador manbalardan birining ta’kidlashicha, texnologik kompaniya jarimalarning barchasini to‘laydi, ammo qo‘shimcha 1,8 million dollar borasidagi sud qarori ustidan shikoyat kiritishi mumkin.