Braziliyada minglab odamlar sudya Aleksandri de Moraisning X ijtimoiy tarmog‘ini bloklash qaroriga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda .
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida yuzlab fuqarolar yig‘ilgan . Ular sudyaning iste’fosini talab qilishmoqda.
Yana bir yirik aksiya San-Pauluda bo‘lib o‘tdi. Unda Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro va uning o‘g‘li Eduardo ishtirok etdi, ular mamlakat bayrog‘i oldida X logotipi tushirilgan futbolka kiyib yurishdi.