Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Braziliyada Isroil harbiysi ustidan tergov boshlandi

A A A
Braziliyada Isroil harbiysi ustidan tergov boshlandi

Braziliya sudi polisiyaga mamlakatda ta’tilda bo‘lgan isroillik harbiy xizmatchi ustidan tergov o‘tkazishni buyurdi. Hind Rajab jamg‘armasi (HRF) tomonidan qilingan shikoyatga ko‘ra, mazkur harbiy G‘azo sektorida uylarni buzish bo‘yicha amalga oshirilgan operasiyalarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

HRF advokati Mayra Pinheironing aytishicha, gumonlanuvchining jinoiy harakatlarini tasdiqlovchi video va fotosuratlar mavjud. "Bu odam uylarni vayron qilishda faol ishtirok etgan", dedi u.

Sud Rim statuti qoidalariga amal qilgan holda, mamlakatda jinoyat-prosessual qonunlarga asoslangan holda tezkor tergov harakatlarini o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Bu qaror jahon hamjamiyatida jiddiy bahslarga sabab bo‘ldi.

HRF rahbari Diab Abu Jahja bu voqeani "tarixiy lahza" deb atadi.
"Bu xalqaro huquqni buzgan harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun kuchli namunadir", dedi u.

Sud jarayoni davomida Isroil harbiysining aniq ayblovlar bo‘yicha qanday choralarga tortilgani yanada aniqlashtiriladi.

Kiritildi: 23:00 06.01.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!