Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliyada avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Braziliyada avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Braziliya sharqida avtobusning tog‘ yo‘lidan qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy G1 portali xabar berdi, deb yozadi Report.

Hodisa Alagoas shtatidagi Uniao-du-Palmaris munisipalitetida joylashgan Serra-da-Barriga shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 40 kishi bo‘lgan. Hodisa avtomobilning texnik nosozligi tufayli sodir bo‘lgan va haydovchi mashinani boshqara olmagan.

Alagoas shtat ma’murlari dastlab halok bo‘lganlar soni 23 kishini tashkil etgani haqida xabar bergan bo‘lsalar, keyinchalik bu raqamni 17 kishi deb o‘zgartirdi.

Unian-dus-Palmaris munisipaliteti ma’muriyati jabrlanganlarga yordam berish uchun barcha kuchlarini safarbar qildi, deb yozadi G1.

Braziliya irqiy tenglik vaziri Anieli Franko halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!