Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Braziliya prezidenti shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi

A A A
Braziliya prezidenti shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 10 dekabr kuni shoshilinch jarrohlik stoliga yotqizildi. Unga bosh chanog‘i ichki qon quyilishi tashxisi qo‘yilgan.

Prezident oktyabr oyida o‘z qarorgohida yiqilib tushganidan buyon uni bosh og‘rig‘i tinmay bezovta qilib kelgan. Ta’kidlanishicha, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.

«79 yoshli Lula o‘zini yaxshi his etmoqda», — deya ma’lum qildi San-Pauludagi «Sirio-Libanes» shifoxonasi.

Navbatdagi jarrohlik amaliyoti bugun, 12 dekabrda o‘tkaziladi. Davolovchi shifokor Roberto Kalilaning aytishicha, qon ketishi xavfini kamaytirish uchun yangi amaliyot o‘tkazish zarur.

Ta’kidlanishicha, bu kutilgan va nisbatan oddiy operasiya bo‘lib, taxminan bir soat ketadi.

Kiritildi: 09:16 12.12.2024. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!