Seshanba kuni Braziliya Oliy sudi sobiq prezident Jair Bolsonaru va uning ba’zi bosh yordamchilari 2022 yilgi saylovda mag‘lub bo‘lganidan keyin davlat to‘ntarishiga urinish uchun sudga tortilishi kerakmi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqadi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Hukumatni ag‘darishga fitna uyushtirganlikda ayblanayotgan sobiq rahbarga o‘tgan oy qo‘yilgan ayblovlarni davom ettirish-qo‘ymaslik masalasini sudyalar hal qilishi kerak.
Bosh prokuror Paulo Gonet tomonidan qo‘yilgan davlat to‘ntarishiga urinish ayblovlari Bolnasaro boshchiligidagi guruh “hukumatning uchta tarmog‘i ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga intilgani”ni da’vo qilmoqda.
Bolsonaruning o‘zi har qanday qonunbuzarlikni inkor etadi va ishni siyosiy motivli deb ataydi.