Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Braziliya maktablarida uyali telefonlar taqiqlanadi

Braziliya maktablarida uyali telefonlar taqiqlanadi

Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva Kongress tomonidan qabul qilingan boshlang‘ich va o‘rta maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi.

Yangi qonunga ko‘ra, darsda ham, tanaffusda ham mobil telefondan foydalanish taqiqlanadi.

Prezident Lula da Silvaning ta’kidlashicha, qonun "mutlaqo" zarur va shunga o‘xshash choralar allaqachon boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, u lavozimga kirishganidan beri vazirlar va boshqa amaldorlarni yig‘ilishlarda telefonlardan foydalanishni to‘xtatish haqida bir necha bor ogohlantirganini ta’kidladi, chunki ular chalg‘itadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, maktablarda telefonlardan faqat ta’lim maqsadida va o‘qituvchilar nazorati ostida foydalanishga ruxsat beriladi.

Locomotiva instituti va QuestionPro tomonidan 2024 yil oktyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, braziliyalik ota-onalarning 82 foizi maktablarda mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Telefonlarning bolalar va o‘smirlar salomatligi va ta’limiga salbiy ta’sirini hisobga olib, Kongress 2024 yil 20 dekabrda ulardan maktablarda foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Kiritildi: 11:00 14.01.2025. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!