Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bozorlarda tuxum, piyoz va guruch qimmatlashdi

Bozorlarda tuxum, piyoz va guruch qimmatlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining 10 martdagi maksimal va minimal narxlarini e’lon qildi.

Qo‘y go‘shti — minimal narxi Toshkentning Qo‘yliq va Mirobod dehqon bozorlarida  39 000 so‘m, maksimal narxi Oloy dehqon bozorida 70 000 so‘mni tashkil etgan.

Mol go‘shti — lahmdan tashqari, 1 kg. o‘lchovdagi minimal narxi Toshkentning Eski jo‘va dehqon bozorida 36 000 so‘m, Oloy va Mirobod dehqon bozorlarida esa 60 000  so‘m maksimal narxlarda kuzatilgan.

Shakar — minimal narxi Navoiyning “Saxovat”, Toshkentning Farhod, Mirobod, Eski Jo‘va, Qo‘yliq va Oloy dehqon bozorlarida 5500 so‘mdan qayd etilgan.

Maksimal narxlari esa Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijonning Yangibozor dehqon bozori, Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehon bozorida 6500 so‘mdan kuzatilgan.

Shuningdek, Jizzaxning “Eski shahar dehqon bozori”, Termizning “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkentning Oloy dehqon bozorlarida ham shakarning ushbu maksimal narxda ekanligi aniqlangan.

O‘simlik yog‘i — minimal narxi Toshkentning Eski Jo‘va hamda Qo‘yliq dehqon bozorlarida 8400 so‘m, maksimal narxi Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”, Toshkentning Eski Jo‘va, Oloy, Farhod va Mirobod dehqon bozorlarida 13 500 so‘m bo‘lgan.

Guruch — “Nukus” navli guruch Nukus dehqon bozorida minimal 3800 so‘m, “Lazer” navli guruchning maksimal narxi esa Toshkentning Oloy, Mirobod dehqon bozorlarida 18 000 so‘mga chiqqan.

Tuxum — 10 donasi Yangiyo‘l  shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Toshkentning Farhod, Qo‘yliq bozorlarida 4000 so‘m, “Oloy dehqon bozori”da 10 000 so‘mdan sotilgan.

Sabzi — Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da 700 so‘m, Toshkentning Oloy dehqon bozorida 4500 so‘mdan aniqlangan.

Piyoz — Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozorida 1500 so‘m minimal narxda bo‘lgan.  

Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”da ham piyozning narxi ushbu minimal narxda ekanligi aniqlangan.

Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da esa 4300 so‘m maksimal narxda aniqlangan.

Kartoshka — minimal narxi Toshkentning Eski Jo‘va, Mirobod dehqon bozorlarida 1200 so‘m, maksimal narxi esa Oloy dehqon bozorida 6000 so‘mdan bo‘lgan.


 

Kiritildi: 14:03 12.03.2020. O'qildi: 4108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!