Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Bozorlarda eng arzon go‘sht narxi qancha?

Bozorlarda eng arzon go‘sht narxi qancha?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq Xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 26 may holatidagi narxlari

 

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri "Siyob" bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.

 

Qo‘y go‘shti

32 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, poytaxtimizning “Mirobod”, “Farxod” hamda “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. 

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha. 

 

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 20 000 so‘m.

 

Guruch

4 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozori va Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Qarshi shahri "Erqo‘rg‘on" dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 – 15 000 so‘m.

 

O‘simlik yog‘i

7200 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha 

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi “Farxod” dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida qayd etilgan – 11 000 dan 14 000 so‘mgacha.

 

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farxod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farxod”, “Chorsu” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m.

 

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

 

Shakar

4 300 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m. 

1 kg shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000so‘m. 

 

Tuxum

300 so‘mdan – 650 so‘mgacha 

Eng arzon narx poytaxtimizning Yunusobod dehqon bozorida qayd etildi 300 so‘mdan 600 so‘mgacha.

1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx Toshkentning Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 650 so‘mgacha. 

 

Kartoshka

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Andijonning Yangi shahar bozori hamda Farg‘ona Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha. 

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri "Sahovat" MCHJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.

 

Pomidor 

2 500 so‘mdan – 11 000 so‘mgacha 

Eng arzon narx Navoiy shahri "Sahovat" MCHJ ga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Surxondaryoning Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 so‘mdan – 5 000 so‘mgacha.

 

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 11 000 so‘mgacha. 

 

Xo‘jalik sovuni

8 00 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

 

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

 

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Jazzax shaxri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.

 

PS. Keltirilgan ma’lumot va raqamlar haqqoniyligiga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi javobgar!

Kiritildi: 18:42 27.05.2019. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!