Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Bozorlar ochildi. Savdogarlar karantinda o‘tgan oylar uchun bozorga ijara shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘lashi shartmi?

Bozorlar ochildi. Savdogarlar karantinda o‘tgan oylar uchun bozorga ijara shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘lashi shartmi?

- 15 iyun sanasidan buyum bozorlari ochilishiga ruxsat berildi. Endi savdogarlar karantinda o‘tgan oylar uchun bozorga ijara shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘lashi kerakmi?

AOKA shtabiga kelib tushgan savolga Davlat soliq qo‘mitasi raisi matbuot kotibi Yelena Ismayevaning javobi:

Prezidentimizning 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 15-band 8-xat boshida, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini hisoblash va undirish to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.

Bunda, mazkur norma ustav jamg‘armasida davlat (mahalliy hokimiyat) ulushi 51 foiz va undan yuqori bo‘lgan bozor yoki savdo kompleksilarining balansidagi ob’ektlarga tadbiq etiladi.

Xususiy mulkchilik shaklidagi bozorlar va savdo komplekslarida ijara to‘lovlarini undirilishi masalasi ikki tomonlama tuzilgan shartnomalarga ko‘ra tartibga solinadi.
 

Kiritildi: 08:20 08.07.2020. O'qildi: 3211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!