Bugun 22 noyabr, 2019 yil, juma

КИР

Bozor oralaymiz: Eng arzon go‘sht qayerda sotilmoqda?

Bozor oralaymiz: Eng arzon go‘sht qayerda sotilmoqda?

Oktyabr oyi oxirida O‘zbekistondagi bozorlarda narx-navo qandayligi ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi 29 oktyabr kuni o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini e’lon qildi.

Mol go‘shti

21

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti

Картинки по запросу баранина

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (63 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka

Картинки по запросу картошка

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra,  kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Eski jo‘va dehqon bozori”da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz

Картинки по запросу лук

Piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000 so‘mdan) kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi

Картинки по запросу морковь

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 000 so‘mdan) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 000 so‘mdan) kuzatildi.

Tuxum

Картинки по запросу яйца

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra,  minimal narxi Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so‘m 10 donasi). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m 10 donasi).

Guruch

Похожее изображение

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (4 000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i

1

O‘simlik yog‘i mahsulotarining minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 200) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (7 000) so‘mdan kuzatildi.

Kiritildi: 13:41 31.10.2019. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!