Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Boykot samarasi: Starbucks xodimlarini qisqartirmoqda

Boykot samarasi: Starbucks xodimlarini qisqartirmoqda

Starbucks, Amerika qahva giganti, yaqin vaqtlarda noma’lum miqdordagi korporativ ish o‘rinlarini qisqartirish rejasini e’lon qildi. Bu qaror sotuvlar pasayishi va kompaniyani qayta qurish zarurati tufayli qabul qilindi.

Starbucks so‘nggi paytlarda boykotlarga duch keldi. Isroil-G‘azo mojarosi chog‘ida kompaniyaga nisbatan tanqidlar avj olgan, ayniqsa, musulmon davlatlaridagi iste’molchilar o‘rtasida bu yaqqol sezilgan. Starbucks boshlang‘ich bayonotlarida Isroilni qo‘llab-quvvatlaganiga ishora qilingani boykot harakatlarini kuchaytirgan. Ammo, kompaniya keyinchalik o‘z bayonotlarini qaytarib, genosidni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Boykot fonida mahalliy mahsulotlarga qiziqish oshib bormoqda. Turkiyaning alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi Sola Turka 2024 yilda savdo hajmini o‘n baravarga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘sish Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlaridan keyin amerikalik va g‘arb kompaniyalariga nisbatan ommaviy boykot oqibatida yuz berdi.

Starbucks kompaniyasi oldida ikki asosiy muammo turibdi: sotuv hajmini qayta tiklash va boykotlarning salbiy ta’sirini kamaytirish.

Kiritildi: 23:40 25.01.2025. O'qildi: 1349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!