Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Boykot sababli Turkiya va Pokistonda Coca-Cola savdolari tushib ketdi

Boykot sababli Turkiya va Pokistonda Coca-Cola savdolari tushib ketdi

G‘azoda qirg‘inida Isroilni qo‘llab-quvvatlagani ortidan qoralanayotgan Coca-Cola kompaniyasining Turkiya va Pokistondagi savdolari sezilarli darajada pasaydi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning uchinchi choragida Coca-Cola savdosi Turkiyada 12,2 foizga, Pokistonda esa 22,9 foizga qisqargan. Bu – 2023 yilning may oyidan beri eng katta pasayishdir.

O‘tgan yili Turkiya va Pokiston bozorlari kompaniya uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 10 ta mintaqa qatoriga kirgandi.

Turkiyada hatto parlament ham Isroil bilan bog‘liq brendlarning boykotiga qo‘shildi, ular jamoatchilik talabiga ko‘ra Coca-Cola va Nestlé mahsulotlarini o‘z majmuasidagi oshxonalardan chiqarib tashladi.

Kiritildi: 23:34 10.11.2024. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!