Hujumchi Krishtianu Ronaldu boykotni davom ettirmoqda. Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionati doirasida juma kuni «Al-Ittihod»ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushmaydi, vaholanki u sog‘lom holatda. Bu haqda Transfer News Live xabar bermoqda.
Bu Ronaldu uchun boykot sababli o‘tkazib yuboriladigan ketma-ket ikkinchi o‘yin bo‘ladi. Forvard Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi klubni boshqarish usulidan norozi. Krishtianuning fikricha, jamg‘arma «Al-Hilol»ga ko‘proq mablag‘ ajratmoqda va bu bilan «An-Nasr»ning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Payshanba kuni Krishtianu Ronaldu 41 yoshga to‘ldi. Besh karra «Oltin to‘p» sohibining amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.