Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin saroyi yaqinidagi o‘rmon yong‘iniga ukrain droni sababchi bo‘ldi

Putin saroyi yaqinidagi o‘rmon yong‘iniga ukrain droni sababchi bo‘ldi

Vladimir Putinning Gelenjik yaqinida joylashgan mashhur saroyi atrofida bir necha kundirki kuchli o‘rmon yong‘ini avj olgan. Bu haqda Rossiya FVV ma’lum qilgan.

👨‍🚒 Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish ishlariga 550 nafar o‘t o‘chiruvchi va 89 ta texnika vositasi, jumladan, vertolyotlar jalb etilgan.

🔥 Yong‘inga sabab — ukrain dronining qulashi, u Putin saroyidan taxminan 10 km uzoqlikda yiqilgan. Bu dron aynan saroyni nishon qilganmi — hozircha aniq emas. Ukraina va Rossiya tomoni bu haqda rasmiy izoh bermagan.

🏰 Putinning ushbu "hashamat maskani" haqida butun dunyoga birinchi bo‘lib Aleksey Navalniy ma’lum qilgan edi. Ammo Kreml rahbari u yerga tashrif buyuradi, deyish qiyin. Rossiya nashri «Proyekt» ma’lum qilishicha, Putin xavfsizlikdan qo‘rqqani uchun Sochiga ham bormay qo‘ygan, sababi u yer ham ukrain dronlari yetib borishi mumkin bo‘lgan hudud hisoblanadi.

Kiritildi: 14:03 31.08.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!