Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh elchisi O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

AQSh elchisi O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati mezboni AQShning Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik milliy terma jamoamiz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Maxsus vakil Paolo Zampolli AQSh rahbariyati nomidan terma jamoamizni 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan tabriklab, kelgusi uchrashuvlarda omad tiladi. Shuningdek, u AQSh mezbonligida o‘tadigan mundial nafaqat sport, balki do‘stlik, innovasiya va hamkorlik ramzi bo‘lishini ta’kidladi.

Mehmonlarga futbolchilarimiz imzo chekkan to‘plar esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Kiritildi: 19:19 31.08.2025. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!