Sport kurashlari assosiasiyasiga rahbarlik qilib kelgan Salim Abduvaliyev lavozimdan ketdi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev assosiasiya raisi etib saylandi.
Salim Abduvaliyev 2017 yil yanvar oyidan buyon O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimida ham ishlagan. Abduvaliyev bu lavozimdan o‘tgan yil ketgan.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev sport kurashlari assosiasiyasining yangi rahbari etib saylandi. U 2024 yil 16 avgust kuni O‘zbekiston kurash federasiyasi raisi etib qayta saylangandi.