Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Bosh prokuratura tomonidan yana bir talon-torojlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura tomonidan yana bir talon-torojlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Qo‘ng‘irot un zavodi» AJ tomonidan shartnomaviy munosabatlar asosida ishlab chiqarish uchun qabul qilib olingan jami 1700 tonna sholi mahsuloti moddiy javobgarlik shartnomasi asosida B.A.ning javobgarligiga berilib, Qonliko‘l tumani, «Jayxun» OFY hududida joylashgan, jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan omborga joylashtirilgan.

«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi buyrug‘iga asosan B.A.ning javobgarligidagi sholining kirim va chiqimi inventarizasiyadan o‘tkazilganida 1 mlrd. 177 mln. 141 ming 861 so‘mlik 817 ming 902 kg. sholi mahsulotlari kamomadi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:37 08.12.2018. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!