Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida 601 dona oq-ko‘k rangli kapsula va 4 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Andijon shahar 4-kichik daha hududida o‘zlarini shubhali tutgan fuqarolar O.T. va M.J. 14 dona “Tropikamid” va 55 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.