Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda

Bosh prokuratura hindistonlik investorning Toshkent hokimiga qarshi ayblovlarini tekshirmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Minerva World of Knowledge kompaniyasi asoschisi, hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishni boshladi, deb xabar berdi «Gazeta.uz» so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Avvalroq Toshkentda bir qator loyihalarni amalga oshirayotgan hindistonlik tadbirkor Kun.uz nashriga bergan intervyusida poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni shantajda ayblagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimi undan bir qator loyihalar, jumladan Bektemir tumanidagi Lake city`dan voz kechish yoki bankka depozit sifatida 100 mln dollar qo‘yishni talab qilgan. Aks holda undan barcha loyihalarni tortib olish va O‘zbekistonda kun kechirishi qiyin bo‘lishi bilan tahdid qilingan.

Poytaxt ma’muriyati Murari Lal Jalanning so‘zlarini «davlat xizmatchisini obro‘sizlantirish» deb baholadi. Hokimlik sarmoyador bayonotlarining asosliligini tekshirish va «aybdorlarni javobgarlikka tortish» uchun Bosh prokuraturaga ariza topshirishini ma’lum qildi.

29 noyabr kuni Bosh prokuraturaga hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevdan «vaziyatni o‘rganish, huquqiy baho berish va aybdorlarga qonuniy choralar ko‘rish» so‘rovi bilan xat kelib tushgan. Bosh prokuraturaning tegishli bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:34 30.11.2022. O'qildi: 4486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!