Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Bosh prokuratura Bekobodda bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Bekobodda bog‘cha bolalarining ovqatdan zaharlanishi yuzasidan ma’lumot berdi

9 noyabr kuni Bekobod shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 8 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanishi tashhisi ehtimoli bilan yotqizilgan, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Bekobod shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida, hozirgi kunga qadar 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining jami 56 nafar tarbiyalanuvchilari va 2 nafar tarbiyachilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan bo‘lib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shahar tibbiyot birlashmasining 10.11.2018 yildagi ma’lumotnomasiga ko‘ra, murojaat qilgan shaxslarning sog‘ligi darajasi o‘rtacha og‘irlikni tashkil etib, «ovqat toksikoinfeksiyasi» tashhisi qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv harakatlari ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 05:46 11.11.2018. O'qildi: 1413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!