🤕 Bosh miya — inson organizmining barcha hayotiy funksiyalari – fikrlash, so‘zlash va tana harakatini boshqarishga mas’ul eng murakkab tana a’zosi. Shu sababdan unda paydo bo‘ladigan har qanday o‘zgarish butun tana faoliyatiga ta’sir etadi. Ayniqsa, miya o‘smalari jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi bilan xavfli.
❓Xo‘sh, bosh miya o‘smasi qanday kasallik? U qaysi belgilar bilan namoyon bo‘ladi?
✅ Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Ulug‘bek Asadullayev javob berdi.
— Markaziy asab tizimida birlamchi paydo bo‘ladigan bosh miya saratoni kam uchraydigan xastalik, — deydi mutaxassis. — U odatda bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Keyingi davrda ushbu xastalik bilan ko‘proq kichik yoshdagi
🦠 Bosh miya o‘smalari rivojlanishining asosiy sababi tashqi omillar — radiasiya, kanserogenlar, gormonal buzilish, virusli infeksiyalar hisoblanadi. Ular orasida yagona isbotlangan sababi radiasiyadir. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar hujayralardagi genlar shikastlanishini keltirib chiqaradi va ularning mutasiyasiga olib keladi.
🥡 Bundan tashqari, hujayralarning yomon sifatliga aylanishiga shakar o‘rnini bosuvchi modda (aspartam), plastmassa ishlab chiqarishda ishlatiladigan kuchsiz shirin hidli rangsiz gaz (xlorli vinil), mobil telefonlarning elektromagnit radiasiyasi va yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari ham sabab bo‘ladi. Shuningdek, ayrim o‘sma turlari genetik anomaliyalar bilan ham bog‘liq.
🫢 Miya saratonining eng keng tarqalgan belgisi bosh og‘rig‘idir. U kasallikning erta bosqichlarida dastlabki signal sifatida xizmat qiladi. Og‘riq ertalab, uyg‘ongandan so‘ng, boshni egish vaqtida va keskin harakatlar qilishda hosil bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan u doimiy tus olib, ushbu alomatga ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlari qo‘shiladi.
🧑🏻🦯Qolaversa, zaralanish qismiga qarab bemor yuz nervlari, butun tanasi, oyoq-qo‘llari sezgirligining yo‘qolishi, bosh miya ichki bosimining ortishi, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, g‘ilaylik, xotiraning pasayishi, ruhiyat va muvozanatning buzilishi, keskin ozish kabi qator belgilar kuzatiladi.
📌 Bosh miya saratonini qanchalik samarali bartaraf etish o‘smaning bosqichi, turi, joylashgan o‘rni va bemorning yoshiga bog‘liq.
‼️ Davolash jarayonlarining muvaffaqiyati esa ikki omil — o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish bilan o‘lchanadi. Shu bois yuqoridagi kabi salbiy o‘zgarishlar kuzatilganda, darhol shifokorga murojaat qilishi lozim.