Evropa Ittifoqi tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel Ukrainadagi vaziyat yomonlashishda davom etayotganini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda.
Assosiasiya mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgdagi yig‘ilishiga kelgach, Jozep Borrel shunday dedi: "Bugun hammasi odatdagidek. Ukraina va Yaqin Sharq. U yerda ham, buu yerda ham vaziyat yomonlashmoqda”.
Shuningdek, u tashqi ishlar vazirlari Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni moliyalashtirish to‘siqlarini olib tashlash, shuningdek, “Ukraina havo hujumidan mudofaa qobiliyatini mustahkamlash” masalalarini muhokama qilishda davom etishini qo‘shimcha qildi.