Evropa Ittifoqi bosh diplomati Jozep Borrel Isroilni G‘arbiy Sohilda yangi turar-joylar qurish rejalari yuzasidan tanqid qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
Borrelning ta’kidlashicha, u "urush avjida Isroil yangi noqonuniy aholi punktlarini qurish uchun yangi mablag‘ ajratayotganini bilib dahshatga tushgan".
"Bu o‘z-o‘zini himoya qilishga hech qanday aloqasi yo‘q va Isroilni xavfsizroq qilmaydi. Aholi punktlari xalqaro gumanitar qonunlarni qo‘pol ravishda buzish va Isroil xavfsizligiga eng katta tahdiddir", - deb yozdi Borrel dushanba kuni ertalab Twitter sahifasida.